Braziliya milliy jamoasi va Madridning «Real» klubi hujumchisi Rodrigo yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Todofichajes portali xabar berdi.
24 yoshli futbolchining xizmatlariga APLning bir necha jamoalari qiziqish bildirmoqda. Rodrigo uchun kurashda Londonning «Arsenal», «Manchester Siti» va «Chelsi» klublari ishtirok etadi.
«Real» hujumchining ehtimoliy transferi uchun 100 million yevro so‘ramoqda. Klub uni bundan kam summaga sotmoqchi emas.
Rodrigo yakunlangan mavsum La Ligada 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 5 ta assist amalga oshirgan. Futbolchi va klub o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.