Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Ravshan Haydarov: “Rejalarimiz amalga oshgani hisobda ham aks etdi”

A A A
Ravshan Haydarov: “Rejalarimiz amalga oshgani hisobda ham aks etdi”

Avvalroq, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Qatarga qarshi bahsda 6:0 hisobida g‘alaba qozongani haqida xabar bergan edik.
 
Uchrashuv yakunlangach terma jamoa bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
 
“Oldimizga qo‘yilgan minimal vazifa bajarilgani bilan barchani tabriklayman. O‘yin uchun tuzgan barcha rejalarimiz amalga oshdi.
 
Birinchi turdan so‘ng Qatar o‘yinini tahlil qildik va to‘g‘ri taktika tanlay oldik. Ko‘rib turganingizdek, bu hisobda ham aks etdi”, dedi terma jamoamiz ustozi.
 
Shuningdek, terma jamoa himoyachisi Rustam Ashurmatov ham uchrashuvdan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
 
“O‘zbekistondan tashrif buyurgan ko‘plab ommaviy axborot vositalari xodimlarini ko‘rib juda xursand bo‘ldik. Buni kutmagandik. Hammangizga alohida rahmat aytib o‘tmoqchimiz. O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsak, bahs bizning nazoratimiz ostida o‘tdi. O‘yin davomida o‘ylab qo‘ygan rejalarimizni amalga oshirdik. Navbatdagi uchrashuvlarda ham shu tempda harakat qilamiz va o‘yindan-o‘yinga kuchayib boramiz”, dedi futbolchi.
 
Eslatib o‘tamiz, ushbu g‘alaba orqali O‘zbekiston muddatidan oldin keyingi bosqich masalasini hal qildi.
 
Endilikda terma jamoa guruhdagi so‘nggi uchrashuvni 19 avgust kuni Tailandga qarshi o‘tkazadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi. Jakarta vaqti bilan esa 15:00 da.

Qalampir.uz

Kiritildi: 10:08 17.08.2018. O'qildi: 1276 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!