Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Ravshan Haydarov: «Bir jahatni inobatga olmaganda Argentinadan qolishmadik»

A A A
Ravshan Haydarov: «Bir jahatni inobatga olmaganda Argentinadan qolishmadik»

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Argentinaga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuv (1:2) borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"O‘yin qiziqarli o‘tdi. Muxlislarga yoqadigan jangovar o‘yin bo‘ldi. O‘yin tempi yuqori bo‘ldi, deb o‘ylayman. O‘yinni olib borish va vaziyatlar yaratish bo‘yicha munosib harakat qildik. Bu borada Argentinadan hech qanday kam joyimiz yo‘q.

Faqat vaziyatlardan foydalanishda, so‘nggi nuqtani qo‘yishda mahoratimiz biroz yetishmadi. Argentina o‘z imkoniyatlaridan foydalanib ketgan bo‘lsa, biz shunday vaziyatlarni golga aylantira olmadik, afsuski. Yigitlarning o‘yinidan xursandman, ularga rahmat aytaman. Keyinga o‘yinga tayyorgarlikni boshlaymiz", — dedi Ravshan Haydarov.

Kiritildi: 08:35 21.05.2023. O'qildi: 1970 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!