Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, 2 noyabr kuni Boysun tumanidagi “M-25” konining 202-son gaz qudug‘ida avvaldan yoqib qo‘yilgan olovning vaqtincha so‘nish holati kuzatilgan. Mutaxassislar bu holatni konda kechayotgan geologik jarayon natijasi ekanligini ta’kidlagan.
Shundan so‘ng havoga zararli moddalar tarqalishining oldini olish maqsadida gaz tezkor ravishda yana yoqib qo‘yilgan.
Ta’kidlanishicha, bu jarayon atrof-muhit ifloslanishining oldini olishda qo‘llaniladigan standart yondashuv bo‘lib, xalqaro sanoat xavfsizligi talablariga to‘la javob beradi.
Hozirgi vaqtda kondagi vaziyat barqaror va mutaxassislar doimiy nazorati ostida turibdi.
Energetika vazirligi ma’lumotida qayd etilishicha, ushbu holat avvaldan konni jilovlash ishlarini olib borish jarayonida yuz bergan bo‘lib, hech qanday kutilmagan holatlar kuzatilmagan.
Ma’lumot uchun, mazkur holat 2025 yil 3 noyabr kuni soat 01:29 da qayd etilgan zilzila bilan bog‘liq emas.