Ummon tashqi ishlar vaziri Badr bin Hamad al-Busaidiy ma’lum qilishicha, Eron uran zaxiralarini nol darajada boyitish talabi bilan kelishgan.
Aytilishicha, bu talab AQShning yadroviy dasturni cheklash bo‘yicha kelishuv tuzishdagi asosiy sharti bo‘lgan. Shuningdek, Eron Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikka yadroviy ob’ektlariga “to‘liq kirish” berishga ham tayyor ekanini bildirgan.
Biroq, vazir so‘zlariga ko‘ra, shundan bir necha soat o‘tib Isroil Tehronga hujum uyushtirgan.