Xorazm viloyatida havo haroratining keskin isishi munosabati bilan viloyatdagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.
Ma’lum qilinishicha, joriy haftada havo harorati 44–45°C gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan 14–17 iyul kunlari davlat bog‘chalari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.
Mazkur qaror bolalar salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.