Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Rasman! O‘zbekistonda kredit to‘lash muddati uzaytiriladi

Rasman! O‘zbekistonda kredit to‘lash muddati uzaytiriladi

Yurtimizda koronavirus infeksiyasining tarqalishining oldini olish munosabati bilan joriy qilingan karantin davrida Markaziy bank tomonidan jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 2020 yil 1 oktyabriga qadar kredit to‘lovlarini qaytarishda imtiyozli davr berish va mos ravishda yakuniy to‘lovlar muddatlarini uzaytirish topshirildi.

Shuningdek, muddati o‘tgan qarzdorliklar kechiktirilishida jarima sanksiyalarini qo‘llamaslik hamda undiruvni kredit ta’minotiga qaratmaslik tavsiya etildi.

Telegramdagi "Muxbir Daliyev" kanalida Xalq banki xodimlari Andijonda uyma-uy yurib, kredit undirayotgani haqida ma’lumot chot etildi. Xalq banki ushbu holatni o‘rganib chiqdi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, Andijon tumani filiali xodimlari xonadonlarga borib, kredit undirish harakatlarini olib borgani aniqlandi. Hozir ushbu holatga yo‘l qo‘ygan filial rahbariga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Bundan tashqari, Xalq banki Boshqaruvi tomonidan bankning barcha filial rahbarlariga karantin vaqtida kredit undirmaslik, muddati o‘tgan qarzdorlik uchun penya hisoblamaslik bo‘yicha topshiriq berildi.

Kiritildi: 14:48 26.03.2020. O'qildi: 7438 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!