Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rasman: O‘FA prezidenti vazifalari Ravshan Ermatov zimmasiga yuklatildi

A A A
Rasman: O‘FA prezidenti vazifalari Ravshan Ermatov zimmasiga yuklatildi

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tashkilot prezidenti zimmasidagi vazifalar O‘FA birinchi vise-prezidenti zimmasiga yuklatilganini e’lon qildi.

«22 fevral kuni O‘zbekiston futbol assosiasiyasining navbatdan tashqari saylov Kongressi bo‘lib o‘tadi. Assosiasiya nizomiga binoan, Kongress o‘tkazilgunga qadar O‘FA prezidenti vazifalari O‘FA birinchi vise-prezidenti zimmasiga yuklatiladi», - deyiladi tashkilot xabarida.

OFK rasmiy sayti ma’lumotlariga ko‘ra, Ravshan Ermatov O‘FA prezidenti vazifasini bajaruvchi deb e’lon qilingan.

Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayevning yozishicha, O‘FA Ravshan Ermatov tashkilot prezidenti vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani haqida Osiyo Futbol Konfederasiyasini rasman xabardor qilgan.

«Ko‘rinishdan, Abdusalom Azizov iste’foga chiqqan», - deya yoziladi mutaxassisning «Futbolium» kanalida.

Kiritildi: 23:14 21.01.2025. O'qildi: 925 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!