Bugun 18 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rasman. UYEFA "Vinisius ishi"ni tekshirishni boshladi

Rasman. UYEFA "Vinisius ishi"ni tekshirishni boshladi

UYEFAning rasmiy saytidagi intizom bo‘limida "Vinisius ishi" deb nomlangan jarayon bo‘yicha tergov boshlangani haqida ma’lumot e’lon qilindi. "Real"ning braziliyalik hujumchisi Chempionlar ligasi doirasidagi "Benfika"ga qarshi o‘yinda Lissabon jamoasi a’zosi Janluka Prestiannini irqchilikda ayblagan edi.

UYEFA ushbu ish bo‘yicha odob-axloq va intizom inspektori tayinlanganini ma’lum qildi. Oldinda surishtiruv ishlari kutilmoqda. UYEFA mazkur ish bo‘yicha keyinroq qo‘shimcha izoh beradi.

"Real" safarda "Benfika"dan ustun keldi va 1:0 hisobidagi g‘alabani nishonladi. Chorshanba kuni, 25 fevral kuni jamoalar Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida javob uchrashuvini o‘tkazadilar.

Kiritildi: Bugun 19:25. O'qildi: 331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!