Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Rasman: Serxio Ramos Meksika klubiga o‘tdi

Rasman: Serxio Ramos Meksika klubiga o‘tdi

Meksikanining "Monterrey" klubi ispaniyalik himoyachi Serxio Ramosning transferini e’lon qildi.

38 yoshli Ramos erkin agent sifatida klub bilan bir yillik shartnoma imzoladi. 2024 yil iyun oyida Ramos «Sevilya»ni tark etgan va klubsiz edi.

— Serxioning kelishi — uning erishgan yutuqlari va dunyo miqiyosidagi mashhurligi tufayli klubimiz tarixidagi o‘zgacha lahza, — deyiladi Meksika klubi xabarida.

Ramos Madridning «Real» klubida 5 marta Ispaniya chempioni bo‘lgan va 4 marta Yevropa chempionlar ligasini qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari PSJ safida ikki bor Fransiya chempioni bo‘lgan.

Futbolchi yangi klubi safida 93-raqamda o‘ynaydi.

Rasman: Serxio Ramos Meksika klubiga o‘tdi

Rasman: Serxio Ramos Meksika klubiga o‘tdi

Rasman: Serxio Ramos Meksika klubiga o‘tdi

Rasman: Serxio Ramos Meksika klubiga o‘tdi

Kiritildi: 14:07 07.02.2025. O'qildi: 637 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!