Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Rasman. "PSJ" muxlislari uzoq kutgan ukrainalik futbolchi transferi amalga oshdi (foto)

A A A
Rasman. "PSJ" muxlislari uzoq kutgan ukrainalik futbolchi  transferi amalga oshdi (foto)

Markaziy himoyachi Ilya Zabarniy Angliyaning "Bornmut" klubidan Fransiyaning "PSJ" klubiga o‘tdi. Bu haqda parijliklar matbuot xizmati xabar bermoqda.

22 yoshli futbolchi "PSJ" bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan mehnat shartnomasini imzolagan. OAV ma’lumotlariga ishonadigan bo‘lsak, himoyachini sotib olish Fransiya chempioniga 63 million yevroga va bonus to‘lovlariga tushgan.

Zabarniy 2023 yildan buyon "Bornmut" sharafini himoya qilib kelayotgandi. Jamoa tarkibida u barcha musobaqalarda 86 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ertaga, 13 avgust kuni "PSJ" UYEFA Superkubogi doirasida "Tottenxem"ga qarshi bahs olib boradi.

Rasman. "PSJ" muxlislari uzoq kutgan ukrainalik futbolchi  transferi amalga oshdi (foto)

Kiritildi: 13:53 12.08.2025. O'qildi: 1210 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!