"Manchester Yunayted" rasmiy saytida 22 yoshli hujumchi Binyamin Sheshkoning "Leypsig"dan transfer qilingani haqida ma’lum qildi. Sloveniya terma jamoasi futbolchisi bilan shartnoma 2030-yil iyungacha tuzilgan.
Avvalroq OAV xabariga ko‘ra, "qizil iblislar" Sheshkoni 85 million yevroga sotib oladi. Shundan 76,5 million yevro — qat’iy to‘lov, 8,5 million yevro esa bonus sifatida belgilanadi.
Hujumchi 2023-yil yozidan beri Germaniya klubida to‘p surib kelgan. O‘tgan mavsumda Sheshko barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi.