"Manchester Siti" rasmiy sayti Chempionlar ligasi joriy mavsumining ikkinchi qismi uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Quvonarlisi, qishda "Lans"dan "Manchester Siti"ga o‘tgan Abduqodir Husanov ham ushbu qaydnomaga kiritildi.
"Manchester Siti"ning UYEFA Chempionlar ligasi uchun qaydnomaga kiritgan futbolchilar ro‘yxati:
Darvozabonlar: Ederson, Ortega, Karson.
Himoyachilar: Akanji, Ake, Diash, Stouns, HUSANOV, Gvardiol.
Yarim himoyachilar: Niko, Gyundogan, Grilish, De Bryuyne, Bernardu, Rodri, Kovachich, Nunyesh, MakAti, Foden, Doku, Savinyo.
Hujumchilar: Xoland, Marmush.