Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Rasman. "Manchester Siti" 31 million yevroga yangi futbolchi sotib oldi

Rasman. "Manchester Siti" 31 million yevroga yangi futbolchi sotib oldi

"Manchester Siti" tarbiyalanuvchisi hisoblangan darvozabon Jeyms Trafford "Byornli"dan sotib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Bitim 5 yil muddatga imzolangan. Boshqa manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 22 yoshli darvozabonning transfer narxi 31,2 million yevroni tashkil qilgan.

"Siti"ga qaytish men uchun ham, oilam uchun ham alohida lahza. Bu yerni men uy deb atayman. Ajoyib insonlarga ega o‘ziga xos futbol klubi," - dedi futbolchi jamoa matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

O‘tgan mavsumda Trafford Chempionshipning eng yaxshi darvozaboni bo‘lgandi. 45 o‘yinda u 16 marta gol o‘tkazib yubordi va 29 o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Kiritildi: 10:19 30.07.2025. O'qildi: 559 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!