"Liverpul"ning chap qanot vingeri Luis Dias rasman Myunxenning "Bavariya" klubi futbolchisiga aylandi. Transferni jamoa matbuot xizmati tasdiqladi. Transfer qiymati 70 mln yevroga baholanmoqda, yangi klub bilan 4 yillik shartnoma imzolangan.
28 yoshli Dias "Liverpul" safida uch yarim yil davomida to‘p tepgan. U Mersisayd klubiga 2022 yilning qishida "Portu"dan ko‘chib o‘tgan.
Dias Kolumbiya terma jamoasi futbolchisi bo‘lib, u Lotin Amerikasi terma jamoasi safida 63 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urgan.