Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Rasman! "An-Nasr" chempionlikdan umidini uzdi

Rasman! "An-Nasr" chempionlikdan umidini uzdi

"An-Nasr" bu mavsum Saudiya Arabistoni chempioni bo‘la olmaydi. Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu o‘rin olgan jamoa "Al-Ittihod" "Al-Fayha"ni 3:0 hisobida mag‘lub etganidan so‘ng chempionlik uchun so‘nggi imkoniyatini yo‘qotdi.

"Al-Ittihod" 74 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda "Al-Hilol" (65), "Al-Qodisiya" (62), "Al-Ahli" (61) va "An-Nasr" (60) bormoqda. Musobaqa yakunlanishiga klublarning 3-4 ta uchrashuvi qoldi.

Eslatib o‘tamiz, Ronalduning "An-Nasr"dagi yagona sovrini 2023 yilda Arab davlatlari Chempionlar Ligasidagi g‘alaba bo‘ldi.

Kiritildi: Bugun 05:39. O'qildi: 376 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!