Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Rasman! 1 iyuldan to‘liq tonirovka — 2,5 million so‘m. Orqa yon oynalarni qoraytirish esa tekin

A A A
Rasman! 1 iyuldan to‘liq tonirovka — 2,5 million so‘m. Orqa yon oynalarni qoraytirish esa tekin

Prezident ta’kidlaganidek, 1 iyuldan boshlab:

- avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirish to‘lovlari bekor qilinadi, ya’ni bepul bo‘ladi;

- old va orqa yon oynalarni to‘liq qoraytirish to‘lovlari 6 barobargacha arzonlashtiriladi (2,5 mln so‘m);

- ishlab chiqarilganiga 10 yildan ko‘p bo‘lmagan yengil mashinalarni majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi bekor bo‘ladi.

Endi, 10 yildan 15 yilgacha bo‘lgan yengil mashinalar – ikki yilda, 15 yildan ortiq bo‘lganlari esa bir yilda bir marta texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.

"Bu hali boshlanishi. Men Prezident maslahatchilari, Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarga topshiriq berganman.

Odamlarimizni qiynayotgan, ahamiyatini yo‘qotgan tartib va cheklovlarni bekor qilish bo‘yicha Ishchi guruhi barcha yo‘nalishlarda muntazam ishlayapti.

Joylardan tushgan asoslangan takliflar va yechimlar bo‘yicha doimiy tarzda xalqimizning foydasiga xizmat qiladigan qarorlar qabul qilib boriladi”, dedi Prezident yig‘ilish yakunida.

Kiritildi: 18:27 28.06.2022. O'qildi: 5721 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!