Tojikistonlik mutaxassis Rashid Rahimov Qozonning «Rubin» klubi bosh murabbiyi sifatida ish boshladi.
Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra 58 yoshli murabbiy bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolangan. U bungacha jamoani boshqargan Dmitriy Utkulbayev o‘rnini egalladi.
Dushanbening «Pomir» klubi sobiq futbolchisi sanalmish Rahimov hozirga qadar Rossiyaning «Amkar», «Lokomotiv», «Terek», «Axmat» va «Ufa» klublarini ham boshqargan.
Ma’lumot uchun, «Rubin» klubi Rossiya birinchi ligasida peshqadam «Baltika»dan 6 ochkoga ortda qolib, 2-o‘rinni egallab turibdi.
Ushbu jamoa safida o‘zbekistonlik futbolchilar Umarali Rahmonaliyev va Rustam Ashurmatov faoliyat olib bormoqda.