Bugun 13 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Raqobat qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlariga narxlarni nazorat qilib borishni topshirdi

Raqobat qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlariga narxlarni nazorat qilib borishni topshirdi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida savdo tarmoqlari vakillari bilan yangi yil arafasida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

Idora o‘z vakolatlari doirasida ichki bozorda iste’mol tovarlarining narxlarini tahlil qilish hamda savdo faoliyatida raqobatni ta’minlash yuzasidan 8 ta yirik chakana savdo tarmoqlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Uchrashuvda ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlar narxlariga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularni barqarorlashtirish choralari bo‘yicha masalalar, shuningdek, chakana savdo tarmoqlarida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan bog‘liq tizimli muammolar muhokama qilingan.

Qo‘mita talab keskin oshadigan ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash bo‘yicha 8 ta chakana savdo tarmog‘i — «Korzinka», «Makro», «Havas», «Baraka», «Magnum», «Assorti», b1 va «Magnit»ga ko‘rsatmalar bergan.

Mazkur savdo tarmoqlari yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan narxlar o‘zgartirilishi, logistika xarajatlari va boshqa narxlarning oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar to‘g‘risida qo‘mitani tezkor xabardor qilib borishi belgilandi. Chakana tarmoqlar yetkazib beruvchilarni asossiz narxlarni oshirishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantirib borishi kerak.

Kiritildi: Bugun 09:25. O'qildi: 176 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!