Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Raqobat qo‘mitasi “YandexGo UB” MCHJni narxlarni pasaytirish bo‘yicha ogohlantirdi

Raqobat qo‘mitasi “YandexGo UB” MCHJni narxlarni pasaytirish bo‘yicha ogohlantirdi

Ma’lum qilinishicha, Raqobat qo‘mitasi tomonidan “YandexGo UB” MCHJ ustun mavqega ega raqamli platforma operator sifatida e’tirof etilgan.

Hozirda “YandexGo" platformasida taksida yo‘lovchi tashish xizmatlari narxlari oshishi kuzatilmoqda va ushbu holat yuzasidan iste’molchilardan Qo‘mitaga murojaatlar kelib tushmoqda.

Ushbu holatlar yuzasidan platformaning dekabr oyidagi dastlabki 10 kunlik xizmat narxlari monitoring qilinganda narxlar dinamikasida keskin o‘zgarish kuzatilganligi aniqlandi.

“Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunga asosan, ustun mavqega ega deb e’tirof etilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ustun mavqeini suiiste’mol qilish, xususan monopol yuqori narx belgilash taqiqlanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Raqobat qo‘mitasi “YandexGo UB” MCHJni taksida yo‘lovchi tashish xizmatlari narxlarini pasaytirish bo‘yicha chora ko‘rish hamda platforma narx algoritmini qayta ko‘rib chiqishi bo‘yicha ogohlantirdi.

Kiritildi: 10:45 13.12.2024. O'qildi: 535 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!