Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi yangi yil oldidan tadbirkorlarni chegirma va aksiyalar jaryonida belgilangan qoidalarga qat’iy amal qilishga chaqirdi.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra:
chegirma qo‘llanishidan oldingi haqiqiy narx to‘liq va aniq ko‘rsatilishi shart;
aksiya qachon tugashi, shartlari va tovar miqdori iste’molchiga ochiq e’lon qilinishi zarur;
tovarning oxirgi 30 kun ichidagi eng past narxi hujjat bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Qo‘mita tadbirkorlarni reklamada chalg‘ituvchi ma’lumot berishdan va soxta chegirmalar tashkil qilishdan qat’iy qaytardi.