Bugun 13 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Raqobat qo‘mitasi: “HAMKORBANK” ATBga nisbatan jarima qo‘llanildi

Raqobat qo‘mitasi: “HAMKORBANK” ATBga nisbatan jarima qo‘llanildi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida, “Hamkorbank” ATBning onlayn mikroqarz bank xizmati reklama axborotida iste’molchilarni chalg‘ituvchi ma’lumot berilganligi aniqlandi.

Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur bank xizmati reklamasida “Onlayn mikroqarz” – “Zudlik bilan pul kerakmi, 50 million so‘m — Hamkor ilovasida onlayn mikroqarz rasmiylashtiring!” mazmunidagi tashqi reklama joylashtirilganligi kuzatilgan.

Ushbu axborotga bankning internetdagi rasmiy sahifasi joylashtirilgan ma’lumotlar asosida aniqlik kiritildi.

Bunda, mikroqarz bank xizmati bo‘yicha faqatgina kreditning miqdori haqida axborot berilgan bo‘lib, reklama axborotida ushbu kreditning qolgan muhim shartlari ko‘rsatilmagan.

Reklamani bunday ko‘rinishda bo‘lishi reklamadan foydalanuvchilarni chalg‘ituvchi yoki chalg‘itishga olib keluvchi holatni ifodalashi mumkin.

Yuqoridagilarga asosan, Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilish alomatlari yuzasidan “Hamkorbank” ATBga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qildi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Kiritildi: 11:25 04.10.2024. O'qildi: 794 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!