Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Raqobat qo‘mitasi 8 ta tibbiyot markaziga narxlarni arzonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Raqobat qo‘mitasi 8 ta tibbiyot markaziga narxlarni arzonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

O‘zbekiston Raqobat qo‘mitasi tomonidan 8 ta respublika va hududiy ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga narxlarni maqbullashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, aprelda boshlangan tekshiruvlar doirasida mayga qadar quyidagi 8 ta yirik tibbiyot markazida o‘rganishlar o‘tkazilgan:

Kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;

Ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;

Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;

Xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;

Urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;

Terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;

Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;

Dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

Dastlabki natijalarga ko‘ra, ayrim holatlarda tariflarni shakllantirish bo‘yicha belgilangan talablarga to‘liq rioya etilmagani aniqlangan.

“Shu munosabat bilan o‘rganish o‘tkazilgan markazlarga tariflarni amaldagi tartib va talablar asosida qayta shakllantirish hamda narxlarni maqbullashtirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, o‘rganishlar yakuni bo‘yicha tibbiy xizmatlar tariflarini maqbullashtirishga qaratilgan umumlashtirilgan takliflar ishlab chiqilib, vakolatli davlat organlariga yuboriladi.

Kiritildi: 14:45 19.06.2026. O'qildi: 1257 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!