Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Ramzan Qodirovning buyrak transplantasiyasi muvaffaqiyatsiz tugadi

Ramzan Qodirovning buyrak transplantasiyasi muvaffaqiyatsiz tugadi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning buyrak transplantasiyasi muvaffaqiyatsiz amalga oshirildi. Bu haqda Rossiya Davlat Dumasi sobiq deputati Gennadiy Gudkov ma’lum qildi.

Gennadiy Gudkovning bildirishicha, Qodirovning salomatligidagi muammolar juda jiddiy bo‘lishi mumkin. Buyrak transplantasiyasi jarayonidagi jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatsiz bo‘lgan va ayni paytda buyrak organizmni “rad eta” boshlagan.

“Men taniqli chechenlarga qo‘ng‘iroq qilib, uning ahvoli haqida so‘radim. Aytishlaricha, Ramzanning buyraklari bilan bog‘liq muammolari bor. Hatto operasiya, transplantasiya ham natija bermagan – go‘yoki qandaydir yiringlash boshlangan. Chechenlar yetakchisining ahvoli og‘irlashgan”, deydi sobiq deputat.

Shunga qaramay, Qodirovga yaqin manbalarda hali hech qanday operasiya yoki rahbarning salomatligi bilan bog‘liq ma’lumot berilmagan. OAVda tarqalayotgan xabarlar ham rad etilmagan.

Kiritildi: 12:44 16.09.2023. O'qildi: 4110 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!