Bugun 5 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Ramzan Qodirov omma oldida ko‘rinish berdi, faqat...

Ramzan Qodirov omma oldida ko‘rinish berdi, faqat...

Bu haqdagi videoni Checheniston rahbari kecha, 3 yanvar kuni o‘zining Telegram-kanalida e’lon qildi.

Qodirov hassa bilan Chechenistonning Yangi Sharoy qishlog‘ida joylashgan maktabning ochilish marosimida ishtirok etgan.

Avvalroq Ramzan Qodirov 2025 yil 24 dekabrdan 25 dekabrga o‘tar kechasi Moskvada shoshilinch tarzda shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi. Qodirov Rossiya prezidenti Vladimir Putin raisligida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Davlat kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun poytaxtga borgan. Biroq uning sog‘lig‘i keskin yomonlashgan va reanimobil orqali Rossiya Prezidenti administrasiyasiga qarashli Markaziy klinik shifoxonaga yotqizilgan.

“Novaya Gazeta Yevropa” nashriga ko‘ra, Moskvada Ramzan Qodirovning ahvolini zo‘rg‘a barqarorlashtirishga muvaffaq bo‘lishgan, shundan so‘ng u Chechenistonga qaytgan.

Kiritildi: 21:11 04.01.2026. O'qildi: 1779 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!