Ramzan Qodirov Rossiyani Suriya muxolifati bilan ittifoqdosh bo‘lishga chaqirdi.
“Men Asad siyosatiga qarshiman. Mana nihoyat hokimiyatga aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan odam keldi. Menimcha, Rossiya u bilan ittifoqdosh bo‘lishi kerak”, degan Qodirov jurnalistlar bilan suhbatda.
Ayni paytda Abu Muhammad al-Jo‘loniy rahbarligidagi "Hay’at Tahrir ash-Shom" guruhi Rossiyada faoliyati taqiqlangan tashkilotlardan biri hisoblanadi.
O‘z navbatida muxolifatchilar tomonidan ag‘darilgan Bashar Asad ham oila a’zolari bilan birga Moskvaga qochib ketgan edi.