Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Ramzan Qodirov haqidagi ma’lumotlar rad etildi

Ramzan Qodirov haqidagi ma’lumotlar rad etildi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning kasalligi haqidagi ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deb yozdi mamlakat parlamenti spikeri Magomed Daudov instagramdagi sahifasida.

“OAVda yozilganlari haqiqat emas. Bilaman, respublikamiz aholisi bu mish-mishlardan tashvishga tushib qolishgan. Ammo xavotirga sabab yo‘q”, – deya ta’kidlagan Magomed.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAVda Qodirov koronavirus bilan kasallanganligi va uning ahvoli og‘ir deb baholangani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Checheniston rahbari Moskva klinikasiga yotqizilgani haqida ham aytilgandi.

Kiritildi: 12:51 23.05.2020. O'qildi: 4004 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!