Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Ramos «Monterrey»da 93-raqamni tanlagani sababini tushuntirdi

Ramos «Monterrey»da 93-raqamni tanlagani sababini tushuntirdi

«Monterrey» klubi himoyachisi Serxio Ramos yangi jamoasida nega 93-raqamni tanlagani haqida gapirib o‘tdi.

«93-daqiqa – mening eng yaxshi lahzam edi. Bu raqam «Real» va butun faoliyatimga bo‘lgan hurmat timsoli. Buni sizlar bilan – Meksika, «Monterrey» va muxlislarimiz bilan bo‘lishish qanday ajoyib!» – deya keltiradi DAZN Ramosning so‘zlarini.

Eslatib o‘tamiz, 2013/14 yilgi Chempionlar Ligasi finalidagi «Atletiko»ga qarshi o‘yinda Serxio Ramos 90+3-daqiqada gol urgan va hisobni tenglashtirgan. Ushbu gol «Real»ga o‘yinni qo‘shimcha bo‘limlarga o‘tkazish imkonini bergan va yakunda «qirollik klubi» 4:1 hisobida g‘alaba qozongandi.

Ma’lumot uchun, Serxio Ramos «Monterrey»ga erkin agent sifatida qo‘shildi. U yozda «Sevilya»ni tark etganidan buyon jamoasiz edi.

Kiritildi: 20:08 08.02.2025. O'qildi: 939 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!