Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ramazon Temirovga yaxshigina raqibni taklif qilishdi

Ramazon Temirovga yaxshigina raqibni taklif qilishdi

14 dekabr kuni AQShning Las-Vegas shahrida MMA bo‘yicha UFC Vegas 112 turniri bo‘lib o‘tgandi.

Musobaqa doirasida o‘ta yengil vazn toifasida UFC reytingida ikkinchi o‘rindagi amerikalik Brendon Royval Portugaliya vakili Manel Kapega yutqazib, to‘rtinchi pog‘onaga tushib ketdi.

FightHQTV nashri ushbu turnir yakunlaridan kelib chiqib, Royval uchun keyingi jangni taxmin qildi. Nashr Royvalga o‘zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirovni raqib sifatida ko‘rsatgan.

Ramazon hozirda doping uchun diskvalifikasiya muddatini o‘tkazmoqda. U UFC'da hozirgacha 2 ta jangda qatnashib, har ikkisida raqiblaridan ustun kelgan. Reytingda 13-o‘ringa qadar ko‘tarilgan.

Ramazon Temirovga yaxshigina raqibni taklif qilishdi

Kiritildi: 23:53 16.12.2025. O'qildi: 255 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!