Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ramazon Temirov navbatdagi jangini qozog‘istonlik sportchiga qarshi o‘tkazadi

Ramazon Temirov navbatdagi jangini qozog‘istonlik sportchiga qarshi o‘tkazadi

UFC jangchisi Ramazon Temirov navbatdagi jangini qozog‘istonlik Asu Almabayev qarshi o‘tkazadi. Bu haqda o‘zbekistonlik sportchi o‘zining Instagram sahifasida xabar berdi.

Mazkur jang UFC tarixida ilk bor O‘zbekiston va Qozog‘iston vakillari o‘rtasidagi to‘qnashuv sifatida tarixda qoladi. Bellashuv 26 iyul kuni Abu-Dabida, UFC on ABC 9 turniri doirasida bo‘lib o‘tadi.

Ramazon Temirov navbatdagi jangini qozog‘istonlik sportchiga qarshi o‘tkazadi

28 yoshli Temirov professional faoliyatida 22 jang o‘tkazgan (19 g‘alaba, 3 mag‘lubiyat). UFC’da esa ikki marta oktagonga chiqib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Bu jang Temirov uchun MMA olamidagi eng oliy promoushendagi 3-jangi hisoblanadi. “Temurlan” UFC’dagi ilk jangini 2024 yilning oktyabrida, keyingisi joriy yilning 2 mart sanasida o‘tkazgan.

U bungacha turli xil musobaqalarda uch marta qozog‘istonlik jangchilarga qarshi oktagonga chiqqan: 2019 yilda Talg‘at Jumagaliyevga yutqazgan, 2021 yilda esa u bilan revansh jangi o‘tkazib g‘alaba qozongan. Shunindek, 2021 yili Satbek Yesengeldinni ham mag‘lub etgan.

31 yoshli Almabayev professional faoliyatida 21 ta g‘alaba va 3 mag‘lubiyat qayd etgan. UFC’dagi statistikasi: 4 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat. Oxirgi jangida u Manel Kape bilan kuch sinashib, unga mag‘lub bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, ayni payt UFC reytingida Almabayev 8-o‘rinni, Temirov esa 13-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 18:08 11.05.2025. O'qildi: 987 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!