Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Ramazon oyida Madinadagi Masjidul-Nabaviyga yosh bolalarning kirishi taqiqlandi

 Ramazon oyida Madinadagi Masjidul-Nabaviyga yosh bolalarning kirishi taqiqlandi

Ramazon oyida 15 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarning Madinadagi Masjidul-Nabaviyning binolari va uning hovlisiga kirishlariga ruxsat berilmaydi. Bu taqiq koronavirus kasalligi tarqalishining oldini olish uchun ehtiyot chorasi sifatida joriy qilindi. Bu haqda ushbu masjid ma’muriyati xabar bergan.

Masjidul-Nabaviyning Bosh raisi Ramazon oyida taroveh namozi vaqtini ikki baravar qisqartirilgani, taroveh namozidan 30 daqiqa o‘tgach masjidni yopish va e’tikofni (masjidda bir necha kun davomida qilinadigan ibodat) bu yil ham to‘xtatib turish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Masjidul-Nabaviyda bunday cheklovlar o‘tgan yilda ham joriy qilingandi.

Shuningdek, Masjidul-Nabaviyda ro‘zasini ochishni istaganlarga faqat ularning o‘zi iste’mol qilishi uchun suv va xurmo beriladi. Iftorlik paytida ovqat tarqatish yoki odamlarning bir joyda yig‘ilishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Masjid hovlisida saharlik dasturxonini tashkil qilish va tarqatishga ham ruxsat berilmaydi.

Saudiya Arabistonida 31 mart kuni COVID-19 bilan bog‘liq yana yettita o‘lim holati qayd etildi. Hozirda virus qurbonlarining umumiy soni 6676 kishini tashkil qilmoqda.Mamlakatda o‘tgan sutka davomida 590 kishida koronavirus borligini aniqlagan bo‘lib, kasallanganlarning umumiy soni 390 597 taga yetgan. Ayni paytda Qirollikda 5452 kishi COVID-19 dan davolanmoqda, ularning 699 tasi og‘ir ahvolda.

Kiritildi: 16:40 02.04.2021. O'qildi: 3167 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!