Sadir Japarov davlat organlari rahbarlariga qarindosh-urug‘chilik asosida ishga qabul qilishni taqiqladi.
Qirg‘iziston prezidenti davlat idoralari rahbarlari o‘z yaqinlari, kuyovlari va tanishlarini xizmatga olishiga chek qo‘yish bo‘yicha qat’iy ko‘rsatma berdi.
Respublika kengashida so‘zlagan Japarov bunday qonunbuzarliklarga aslo yo‘l qo‘yilmasligini hamda mansabdor shaxsning avvalgi xizmatlaridan qat’i nazar, qattiq chora ko‘rilishini ta’kidladi.