Bugun 7 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Rafinya Yamalning asosiy kamchiligini aytdi

Rafinya Yamalning asosiy kamchiligini aytdi

"Barselona" vingeri Rafinya hujumdagi sherigi Lamin Yamalning kamchiligini aytdi. Braziliyalik futbolchining so‘zlariga ko‘ra, Yamal telefoni bilan juda ko‘p vaqt o‘tkazadi va shu sababli juda kech uxlaydi.

"Uning yoshini hisobga olsak, doimo telefon bilan vaqt o‘tkazishi — normal holat. Ertalablari Yamal doim uyqisiragan bo‘ladi, chunki, menimcha, u juda kech yotadi. Bu kechalar sababli emas, balki telefon tufayli. U injiq emas, shunchaki kamgap — mashg‘ulotning birinchi soatida deyarli hech kim bilan gaplashmaydi", — dedi Rafinya Sofascore nashriga.

Shanba kuni, 7 fevral kuni "Barselona" Ispaniya chempionati doirasida o‘z maydonida "Malyorka"ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Kiritildi: 23:40 06.02.2026. O'qildi: 143 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!