«Barselona» hujumchisi Rafinya Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turida «Feyenoord» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi. Shuningdek, u «Oltin to‘p» uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmagani haqida gapirishdan bosh tortdi.
Kataloniyaliklar raqibini 5:1 hisobida mag‘lub etdi. Braziliyalik vinger esa dubl qayd etdi.
«Bunday uzoq mavsumda har doim ko‘tarilishlar va pasayishlar ko‘p bo‘ladi. Mavsumni shunday boshlash bizga ishonch beradi. Bizning maqsadimiz — shu ruhda davom etish. Pasayishlarni imkon qadar kamaytirishga harakat qilish. Yaxshi o‘yinlar o‘tkazishda davom etish — biz istagan narsa shu.
«Oltin to‘p»mi? Men «Oltin to‘p» haqida gapirmayapman. Men «Barselona» haqida gapiryapman — biz ajoyib mavsum o‘tkazyapmiz», — dedi Rafinya.