Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rafinya “Oltin to‘p” haqida gapirdi

Rafinya “Oltin to‘p” haqida gapirdi

Kataloniyaning “Barselona” klubi futbolchisi Rafinya 2025 yilgi “Oltin to‘p” uchun kurashda jamoadoshi Lamin Yamalning imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, individual mukofotlardan ko‘ra insoniy qadriyatlar ustuvor ahamiyatga ega.

Braziliyalik futbolchi “Oltin to‘p” “Barselona” futbolchisiga berilishi kerakmi, degan savolga quyidagicha javob berdi:

Menimcha, bu mukofot adolatli tarzda topshirilishi kerak. Mening qanday fikrda ekanligim ko‘p narsani anglatmaydi. “Oltin to‘p”ni har qaysi futbolchi qo‘lga kirita olmaydi. Shaxsan men uchun esa eng muhimi — o‘z uyimda, oilam, farzandlarim va menga yaqin insonlar nazarida dunyodagi eng yaxshi odam bo‘lish.

Shuningdek, u jamoadoshi Lamin Yamal haqida ham iliq fikrlar bildirdi:

Yamal — ajoyib futbolchi. U uzoq yillar davomida dunyoning eng yaxshi futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu faqat o‘ziga bog‘liq. Chunki unda iste’dod bor. Hozir esa juda ko‘p mehnat qilishi kerak, — dedi Rafinya Sport nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” o‘tgan mavsum Ispaniya chempionligi, Ispaniya Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 23:32 01.08.2025. O'qildi: 1027 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!