Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rafinya Anchelottidan g‘azablandi

Rafinya Anchelottidan g‘azablandi

"Barselona" klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Rafinya Dias terma jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottining qaroridan norozi bo‘ldi.

10 sentyabr kuni Braziliya terma jamoasi JCH-2026 saralashining so‘nggi o‘yinida Boliviyaga yutqazib qo‘ydi (0:1). Rafinya zaxirada qolib, 61-daqiqada o‘yinga qo‘shildi.

Diario Sport nashriga ma’lum bo‘lishicha, Anchelottining Rafinyani turnirdagi vaziyat borasida jamoaga hech narsa bermay qo‘ygan o‘yinda maydonga tushirish qarori futbolchining qattiq jahlini chiqargan. Gap shundaki, o‘yin dengiz sathidan 4100 metr balandlikda, yuqori bosim ostida o‘tkazildi. Bundan tashqari, o‘yin paytida havo harorati atigi sakkiz daraja issiq bo‘lgan.

Kiritildi: 14:56 10.09.2025. O'qildi: 982 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!