Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Quyoshda kuchli portlash yuz berdi

Quyoshda kuchli portlash yuz berdi

Quyoshda so‘nggi 3 yil ichidagi eng kuchli portlash yuz berdi.

Hodisa Rossiya Fanlar akademiyasi Fizika institutining rentgen astronomiyasi laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan qayd etildi.

Laboratoriya veb-saytining xabar berishicha, 29 noyabr kuni sodir bo‘lgan va besh balli shkala bo‘yicha 4 ballga baholangan portlash energiya chiqarish bo‘yicha faqatgina X sinfdagi chaqnashlardan ortda qolgan.

Ta’kidlanishicha, portlash Quyoshning Yerdan ko‘rinmaydigan tomonida sodir bo‘lgani bois chaqnash kuchi ancha kuchliroq bo‘lgan, ammo katta ehtimollik bilan rentgen detektorlari hodisani to‘liq yozib ololmagan. Zero, portlash bilan qamrab olingan hudud shunchalik katta bo‘lganki, chaqnashning yuqori qismi quyosh gardishining chap chekkasidan ko‘ringan.

Astronomlarning so‘zlariga ko‘ra, portlash Yerga ta’sir qilmaydi, chunki plazma oqimlari sayyoramizga zarar yetkazmaydi.

Bir hafta ichida yulduzning ushbu hududi Yer tomon buriladi, ammo mutaxassislar Quyoshning ushbu qismida faollik davom etadimi yoki yo‘qligini bilishmaydi.

So‘nggi marta bunday kuchli chaqnashni 2017 yilda kuzatishgan mutaxassislarning ta’kidlashicha, noyabr oyida butun yilga nisbatan ko‘proq quyosh chaqnashi sodir bo‘lgan.

 

Kiritildi: 22:00 02.12.2020. O'qildi: 3991 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!