Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Quyosh Yerga tahdid qilishi mumkin

Quyosh Yerga tahdid qilishi mumkin

Rossiyalik olim Quyosh Yerga tahdid qilishi mumkinligini aytdi.

“Quyosh umrining yarmini yashab bo‘ldi va bir necha yuz million yil ichida Yerga haddan tashqari issiqlik bilan tahdid qila boshlaydi”, dedi Rossiya fanlar akademiyasining kosmik tadqiqotlar instituti direktori Anatoliy Petrukovich, RIA Novostiga bergan intervyusida.

“Quyosh paydo bo‘lganda, hozirgiga qaraganda issiqlik darajasi pastroq bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan u asta-sekin qizidi va undan chiqadigan radiasiya oqimi o‘sib bordi. Olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, Quyosh bir necha yuz million yil ichida Yerga tahdid sola boshlashi mumkinligi aniqlandi, chunki undan keladigan issiqlik oqimi Yerning hozirgi iqlimi uchun haddan tashqari ko‘plik qiladi”, dedi u.

Shunday bo‘lishiga qaramasdan, olimning fikricha, insoniyatning muammoni qandaydir tarzda hal qilishi uchun hali ko‘p vaqti bor. Masalan, atmosferani tartibga solish yoki Yerdan uchib ketish choralarini ko‘rish kerak.

Petrukovichning ta’kidlashicha, Quyosh taxminan 4,5 milliard yil yashagan va u hozirgi holatida taxminan yana shuncha vaqt yashashi kerak.

“Bu yulduz uchun odatiy hayot sikli. So‘nggi bosqichga kelganda, u qizil gigantga aylana boshlaydi, kengayadi va hatto Yerni yutib yuboradi”, dedi u.

Kiritildi: 05:00 03.12.2020. O'qildi: 5644 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!