Mehnat kodeksiga ko‘ra ish beruvchi o‘zining moliyaviy holatidan qat’i nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq ushbu kodeksda ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lashi shartligi, mehnatga haq to‘lash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda belgilanishi va har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emasligi ko‘rsatilgan.
Biroq, ayrim ish beruvchilar ishchi-xodimlarning ish haqlarini o‘z vaqtida bermasligi oqibatida ishchi-xodimlarning huquqlari buziladi.
Bunday hollarda sudlar tomonidan ishchi-xodimlarning ish haqlarini undirish to‘g‘risida qonuniy qarorlar qabul qilinib, ijrosini ta’minlash Byuro organlari zimmasiga yuklatiladi.
Byuro organlari ish yurituvidagi ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirish haqidagi sud qarorlari ijrosini ta’minlash doimiy nazorat olingan.
Jumladan, sudning 02.12.2024 yilgi qarzdor Quva tuman tibbiyot birlashmasidan undiruvchi Z.SH. foydasiga jami 62 mln. so‘mga yaqin ish haqi undirish haqidagi ijro hujjati Byuroning Quva tumani bo‘limiga kelib tushgan va ijroga qaratilib, Quva tumani tibbiyot birlashmasi mas’ullariga ijro hujjati talablarini bajarishlari uchun ixtiyoriy muddat berilgan.
Sud qarori ijrosi ixtiyoriy bajarilmagach davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida Quva tuman tibbiyot birlashmasidan 61.869.371 so‘m oylik ish haqi undirilib, fukaro Z.SH.ga tegishli plastik kartaga o‘tkazib berilishi ta’minlandi hamda fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi.