Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Qo‘shnisining 8 yoshli qizini vahshiylarcha o‘ldirgan erkakka bugun hukm o‘qiladi

Qo‘shnisining 8 yoshli qizini vahshiylarcha o‘ldirgan erkakka bugun hukm o‘qiladi

Tojikiston Oliy sudi Rudakiy tumanida yashovchi, 8 yoshli Rufeyda Inoyatovani o‘ldirishda ayblanayotgan shaxsning jinoyat ishini ko‘rib chiqishni yakunladi.

Bugun o‘ldirilgan qizning qo‘shnisi, 30 yoshli Rahmatullo Gadoyevga nisbatan hukm e’lon qilinishi kutilmoqda. Sud yopiq eshiklar ortida o‘tdi va hech bir tomon sud jarayoni tafsilotlari haqida gapirishni xohlamadi.

Ismi sir qolishini istagan sud ishtirokchisi "Ozodlik" radiosiga bergan intervyusida, 18 oktyabr, dushanba kuni sud ayblanuvchi va uning advokatining oxirgi so‘zlarini eshitib, maslahatlashuv xonasiga chiqib ketdi. Sudya, hukm bugun, 19 oktyabr kuni e’lon qilinishini ma’lum qildi.

8 yoshli Rufeyda Inoyatovaning shafqatsiz qotilligi 4 iyul kuni Rudakiy tumanining Navobod qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Qarindoshlarning so‘zlariga ko‘ra, Rufeyda buvisining uyidan 20-30 metr narida joylashgan hojatxonaga borib, g‘oyib bo‘lgan. Ertasi kuni huquqni muhofaza qilish organlari qizning bo‘laklarga bo‘lingan jasadini topdilar.

30 yoshli Rahmatullo Gadoyev shafqatsiz qotillikda ayblanmoqda.

Rufeydaning o‘ldirilishi jamoatchilikning katta noroziligiga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu dahshatli jinoyatni qoralab, zo‘rlaganlarga nisbatan jazoni qattiqroq qilishni talab qilishdi. Va Tojikiston fuqarolik jamiyati vakillari parlament yuqori palatasi Majlisi Milliy raisi Rustam Imomali nomiga murojaat matnini tuzdilar, unda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik global muammo deb ataldi.

Kiritildi: 14:15 19.10.2021. O'qildi: 5141 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!