Qo‘shma Shtatlar 2024 yilda qurol sotib olish uchun rekord darajadagi 170 milliard dollar (12,8 trillion rubl) sarflaydi. Umuman olganda, Pentagonga 842 milliard dollar (63,5 trillion rubl) ajratiladi.
Budjet loyihasiga ko‘ra, AQSh Mudofaa vazirligi 24 ta gipertovushli raketa sotib olmoqchi. Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar Kolumbiya ballistik raketa suv osti kemasiga 6,2 milliard dollar (467 milliard rubl) sarflaydi.
Mablag‘lar, shuningdek, yadroviy triada va bombardimonchi samolyotlarni modernizasiya qilishga yo‘naltiriladi (rasmda).
Bloomberg avvalroq xabar berganidek, Pentagonning qurol-yarog‘larni yangilash bo‘yicha so‘rovi Xitoy bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mojaro sharoitida zarur.