Bugun 19 mart, 2024 yil, seshanba

КИР

Qo‘shimcha: xorazmlik fuqaroning koronavirusga chalingani aniq emas

Qo‘shimcha: xorazmlik fuqaroning koronavirusga chalingani aniq emas

Xorazm viloyatida bir kishi koronavirusga chalinishda gumonlanmoqda. Bu haqda UzReportTV efirida Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov ma’lum qildi.

«Lekin shuni yaxshi bilishimiz kerakki, kasallik belgilari va laboratoriya tahlillari asosida yakuniy tashxis qo‘yiladi.

Minglab fuqarolarimiz xorijdan vatanga qaytishda davom etmoqda. Albatta, ular ham gumonlanuvchi sifatida tekshirilib, tibbiy nazorat ishlari olib borilmoqda. Bu ishlar barcha viloyatlarda olib borilmoqda. 

Shunday ishlarni to‘laqonli amalga oshirish uchun yana 32ta laboratoriya jalb etildi. Rossiyadan 14 ming dona test to‘plami xarid qilindi. Bu borada imkoniyatlarimizni oshirish va mutaxassislarni tayyorlash ishlari davom etmoqda», degan Almatov Toshkent shahridan tashqari yana qaysi viloyatlarda koronavirus aniqlangani to‘g‘risidagi savolga javoban.

  • Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni aniqlangandi. Bir hafta o‘tib bemorlar soni 43 nafarga yetdi - bugun Shveysariya va Turkiyadan kelgan o‘zbekistonliklarga koronavirus tashxisi qo‘yildi.

UPD: Sog‘liqni saqlash vazirligining Kun.uz’ga xabar qilishicha, Xorazmdagi bemorda dastlabki tekshiruv natijalari u koronavirusga chalinganini ko‘rsatgan, u koronavirus bemorlari ro‘yxatiga kiritilgan, takroriy tekshiruvda, boshqa test tekshiruvi natijasida esa unda koronavirus tasdiqlanmagan. Ayni vaqtda u karantinda saqlanmoqda.

Kiritildi: 16:43 22.03.2020. O'qildi: 4275 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!