Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan mahalliy va xorijiy OAV uchun Samarqandga press-tur uyushtirilmoqda.
Dastlab boshqa hududlarda uchramaydigan noodatiy maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘ldik.
72-bog‘cha ko‘p jihatlari bilan e’tiborimizni tortdi. Birinchidan, bu yerda Alisher Karimov 16 yildan beri bog‘cha mudiri sifatida ishlab kelmoqda. Alisher Karimov faqat ayollar emas, erkaklar ham namunali bog‘cha mudiri bo‘la olishini amalda isbotlab kelmoqda.
Shuningdek, bog‘chada kichik hayvonot bog‘i tashkil qilingan. Bu yerda 120 dan ortiq qushlar, kurkalar va tuya parvarishlanmoqda.
«Maqsadimiz bolalarda hayvonlarga nisbatan mehr uyg‘otish, ularda ona tabiatga daxldorlik hissini shakllantirishdir», deydi Alisher Karimov.
Bog‘cha 367 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, ayni paytda 500 nafar bolani qamrab olgan.
Bu kabi maktabgacha ta’lim muassasalarining ko‘payishi quvonarli hol, albatta. Chunki ham ta’lim, ham tarbiya beradigan, qolaversa, tabiatga mehr uyg‘otadigan bog‘chalar juda muhim hisoblanadi