Bugun 15 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qur’onni o‘t qo‘ygan shaxs nihoyat Shvesiyada sudlanmoqda

Qur’onni o‘t qo‘ygan shaxs nihoyat Shvesiyada sudlanmoqda

Shvesiyaning Malime shahri sudi 14-oktabr kuni o‘ta o‘ngchi Daniya-shved partiyasi «Stram Kurs» (Qattiq chiziq) yetakchisi Rasmus Paludanga qarshi ishni ko‘rib chiqishni boshladi. Shvesiya rasmiylari uni Qur’onni tahqirlashda ayblamoqda.

Mamlakat polisiyasi uni etnik guruhga nisbatan nafrat uyg‘otish va diniy tuyg‘ularni haqorat qilishda ayblagan. 2022 yil yanvar va aprel oylarida Paludan Malime va Stokgolmdagi mitinglarda Qur’onni omma oldida yoqib yuborgan. Paludan, Shvesiya poytaxtidagi Turkiya elchixonasi oldida muqaddas kitobning yoqib yuborilishi bilan alohida tadbir uyushtirdi.

42 yoshli radikalga qo‘yilgan ayblovlar orasida musulmonlarga nisbatan nafrat uyg‘otish bo‘yicha ikkita ayblov bor. Prokurorlarga ko‘ra, Paludanning o‘ta o‘ngchilar namoyishlari chog‘ida qilgan bayonotlari etnik adovatni qo‘zg‘atgan. Bundan tashqari, o‘sha yilning sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan tadbirda radikal arab va Afrika davlatlaridan kelgan odamlarga nisbatan irqchilikka asoslangan fikrlar bildirgan. Buning uchun u haqorat qilishda ayblangan.

Agar sud radikalni aybdor deb topsa, u olti oygacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Kiritildi: 01:32 16.10.2024. O'qildi: 1220 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!