Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Qurilish ishlari sabab ayrim avtobus yo‘nalishlariga vaqtinchalik o‘zgarish kiritildi

Qurilish ishlari sabab ayrim avtobus yo‘nalishlariga vaqtinchalik o‘zgarish kiritildi

Toshkent shahri, Shayxontohur tumanida qurilish-montaj ishlari o‘tkazilishi sababli Kichik halqa avtomobil yo‘lining (KHAY) Beshqayrag‘och ko‘chasi kesishmasidan Beruniy ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan bir tomonlama yo‘nalish qismi 18 iyul soat 15:00 dan 21 iyul soat 6:00 gacha transport vositalari harakati uchun yopiladi. Ushbu vaqt mobaynida ayrim avtobus yo‘nalishlari muqobil ko‘chalar orqali harakat qiladi:

34-son avtobus Shifokorlar shaharchasi — Chilonzor metro bekati yo‘nalishida Beruniy ko‘chasi → Nurafshon → Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.

64-son avtobus Paxtakor metro bekati — Birlik mavzesi yo‘nalishida Nurafshon → Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.

87-son avtobus Qora Qamish 2/4 mavzesi — Chilonzor 30-daha yo‘nalishida Beruniy → Nurafshon → Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.

116-son avtobus Shifokorlar shaharchasi — Chilonzor buyum bozori yo‘nalishida Beruniy → Nurafshon → Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.

131-son avtobus Olimpiya mehmonxonasi — Do‘stlik-2 mavzesi yo‘nalishida Beruniy → Nurafshon → Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.

147-son avtobus Chorsu savdo markazi ASHB — Chinni bozori yo‘nalishida Beruniy → Nurafshon → Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.

Ushbu avtobuslarning qaytish yo‘nalishi o‘zgarishsiz qoladi.

Kiritildi: 06:51 18.07.2025. O'qildi: 424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!