Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Qurbon hayiti va dam olish kunlarida qaysi tibbiyot muassasalari ishlaydi?

Qurbon hayiti va dam olish kunlarida qaysi tibbiyot muassasalari ishlaydi?

O‘zbekistonda Qurbon hayiti munosabati bilan fuqarolar ketma-ket 5 kun dam oladi. SSV matbuot xizmati ushbu sanalarda tibbiyot muassasalari qay tartibda ishlashi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, aholi salomatligini asrash, xususan, bayram va dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligida alohida shtab tashkil etilgan.

27–31 may kunlari:

  • tuman (shahar), viloyat va respublika miqyosidagi barcha shifoxonalar;
  • ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari hamda tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari;
  • hududlardagi 39 ta tumanlararo qo‘shma shikastlanish va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida tibbiyot tizimi xodimlari qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi.

Shuningdek, bayram va dam olish kunlari:

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududlardagi 13 ta filiali hamda 200 ga yaqin aholi punktida joylashgan shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlarida ham 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi.

Respublika tez tibbiy yordam markazining 14 ta hududiy filiali, 167 ta stansiya, 63 ta podstansiya va 1 436 tayanch punktida 2 860 dan ziyod tibbiy yordam brigadasi odatiy ish faoliyatini davom ettiradi.

Mamlakatdagi barcha tug‘uruq va bolalar davolash muassasaci ham uzluksiz ish olib boradi.

Shuningdek, 27 may kuni Qurbon hayiti namozi o‘qiladigan masjidlarda tez tibbiy yordam brigadalarining navbatchiligi yo‘lga qo‘yiladi.

Kiritildi: Bugun 17:03. O'qildi: 293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!