Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Qo‘qonda do‘kon oldidagi tortishuv qotillik bilan tugadi – haydovchi 8,5 yilga qamaldi (VIDEO)

Qo‘qonda do‘kon oldidagi tortishuv qotillik bilan tugadi – haydovchi 8,5 yilga qamaldi (VIDEO)

Farg‘ona viloyatida qasddan tanishini qayta-qayta bosib ketib, o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchiga sud hukmi o‘qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, avval ham 2 marotaba sudlangan qo‘qonlik fuqaro o‘zganing nomida bo‘lgan Onix’da mahalladoshining do‘koni yoniga kelib, signal chalgan. Do‘kon egasi bir oz kechroq chiqqani sababli tortishuv sodir bo‘lgan.

Mahalladoshi do‘koniga kirib ketganidan so‘ng ortidan kelib bo‘g‘gan. Janjaldan keyin ayblanuvchi do‘kondan ikki dona suvni olib, mashinada ketib yuborgan. Bu borada do‘kon egasi akalarini chaqirgan. Erkak oradan yarim soatcha o‘tib qaytgan.

Shuningdek, jinoiy harakatlarini davom ettirib, svetoforning qizil chirog‘ida harakatni to‘xtatib, mashina ortida turgan do‘konchining akasiga qasddan tan jarohati yetkazish maqsadida katta tezlikda harakatlangan. Fuqaroni mashinasida bosib ketgan, mashina ostida jabrlanuvchi yotganini bilsa ham yana mashinani old tomonga harakatlantirib, g‘ildiraklar bilan fuqaroni ezib tashlagan.

Jabrlanuvchi oradan o‘n kun o‘tib shifoxonada vafot etgan. Sudlanuvchi sud hukmi bilan 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Kiritildi: 18:29 29.05.2025. O'qildi: 1208 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!