Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida is gazidan zaharlanish holati kuzatildi. Hodisa oqibatida vafot etganlar bor. Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov holatni tasdiqladi hamda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganligini bildirdi.
Hodisa 2 aprel kuni tongda, soat 6:35 larda Qo‘qon shahrining Qaymoqli guzar mahallasida sodir bo‘lgan. Mahalla raisi Sirojiddin Mingboyevning ma’lum qilishicha, er-xotin va ularning 3 farzandi bir xonada uxlagan.
Hodisa oqibatida uy egasi, 1991 yilda tug‘ilgan O.A. shahar shifoxonasiga yotqizilgan. Uning 1992 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i M.A., 7 va 1 yoshli o‘g‘illari hamda 6 yoshli qizi vafot etgan.
Hozirda hodisa sabablari ishchi guruh tomonidan o‘rganilmoqda.