Qo‘qon shahridagi ""Indorama Kokand Fertilizers & Chemicals" korxonasi ma’muriyatining bergan ma’luotlariga ko‘ra suyuq ammiak moddasini vagondan maxsus idishga o‘tkazilayotgan vaqtda shlangda yorilish hosil bo‘lib, taxminan 10% ammiak zavod hududiga sizib chiqqan.
Shu munosabat bilan voqea joyiga Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari, IIB, FVV hodimlari yetib borgan. Barcha fuqarolar va zavod ishchilari voqea joyidan favqulodda boshqa joyga ko‘chirilgan. 10 yaqin inson Tez tibbiy yordamga murojaat qilgan. Ayni damda zavodga olib boradigan yo‘llar yopilibgan.