Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Qulog‘imdan suyuqlik oqadi. Buning sababi nima?

Qulog‘imdan suyuqlik oqadi. Buning sababi nima?

Quloqdan ajraladigan ajralmalar turlicha bo‘lib, suv, qon, yiringli va yumshoq ko‘rinishda bo‘ladi. Kasallikning qo‘shimcha belgilari ham shunga ko‘ra turlicha: quloq og‘rig‘i, eshitishning pasayishi, harorat ko‘tarilishi va bosh og‘rig‘i kuzatiladi.

Cho‘milganda quloqda suvning yig‘ilishi quloqdan suv kelishiga sabab bo‘lib, odatda suyuqlik chiqishi bilan shikoyatlar to‘xtaydi. Agar o‘rta yoki tashqi quloqda yiringli jarayonlar bo‘lsa, quloqdan yiringli suyuqlik ajralishi kuzatiladi. Ushbu holatda suyuqlik ajralgandan keyin ham yengillik kuzatilmaydi. Aksincha kasallikning yanada avj olishi va shikoyatlarning ko‘payishi kuzatiladi.

Ushbu holatni uy sharoitida ko‘r-ko‘rona davolash tavsiya etilmaydi. Bu quloq kasalliklarining yanada zo‘rayishiga va asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin. Kasallikni davolash uchun LOR shifokorga murojaat qilish zarur.

Kiritildi: 21:04 18.01.2022. O'qildi: 5922 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!